Tadbirkorlarning muammolari tinglandi
Tadbirkorlarning muammolari tinglandi
Bugungi kunda hududlarda tadbirkorlarning muammo va takliflari o‘rganilmoqda.
Bugun Ishtixon tuman hokimligida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Ushbu ochiq muloqotda viloyat Savdo-sanoat palatasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari E.Ro‘ziyev, tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha viloyat xodimlari J.Tursunov hamda A.Ibragimov, Ishtixon tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Q.Nuriddinovlar ishtirokida tadbirkorlarning muammo va takliflari tinglandi.
Uchrashuv so‘ngida mavjud muammolarni hal etish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI