#Tarix #Ishtixon
#Tarix #Ishtixon
Ishtixon qadimdan maʼlum bo‘lib, ilk zamindorlik davrida mustaqil hokimlikning markazi bo‘lgan, keyinchalik Sug‘diyona tarkibiga kirgan. Samarqand arablar tomonidan bosib olingach (VIII-asr boshlari), Sug‘d ixshidlari Ishtixonga kelib uni poytaxt qilgan. X-asrda Ishtixon qalʼa, shahriston va raboddan iborat katta shahar bo‘lgan. Keyingi asrlarda ham yirik savdo shahri sifatida mashhur edi. Tarixiy manbalarda Ishtixon savdo-sotiq rivojlangan, atrofi bog‘-rog‘, dalalar bilan o‘ralgan chiroyli shahar sifatida tilga olinadi. Ishtixonga Zarafshon daryosi orqali suv kelgan. Keyinchalik shahar harobaga aylangan. Uning o‘rnida kichikroq qishloq (hozirgi Ishtixon shahri) vujudga kelgan.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI