Tashqi reklama vositalari joyida bartaraf etildi.
Tashqi reklama vositalari joyida bartaraf etildi.
Tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan ko‘chalardagi va Xalqaro ahamiyatdagi M-37 аvtomobil yo‘lining tuman hududidan o‘tgan qismida “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga rioya etilish holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida belgilanmagan joylarga o‘rnatilgan, davlat tilida bo‘lmagan va shaharsozlik qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan barcha tashqi reklama vositalari joyida bartaraf etildi.
Eslatma o‘rnida:
Hurmatli tadbirkorlar!
O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibini buzganlik bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘lishini eslatib o‘tamiz.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI