Tuman hududidagi 36 ta umumta’lim maktabi zamonaviy elektron doskalar bilan ta’minlandi.
Ishtixon tuman hokimligi tashabbusi va tashabbuskor xomiylar yordamida tumanning ta’lim sohasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan katta ishlar amalga oshirildi.
Xususan, tuman hududidagi 36 ta umumta’lim maktabi zamonaviy elektron doskalar bilan ta’minlandi.
Elektron doskalar nafaqat o‘quv jarayonini osonlashtiradi, balki o‘qituvchilarning samarali ishlashlari uchun ham qulay sharoit yaratadi.
Elektron doskalar orqali o‘quvchilarning darslarda faol ishtirok etishlari, turli videodarslar, slaydlar va boshqa interaktiv materiallardan foydalanishlari mumkin. Bu esa ularning o‘quv jarayoniga bo‘lgan qiziqishini oshirib, bilim sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.
Mazkur loyihaning amalga oshirilishi uchun xomiylar tomonidan katta mablag‘ va resurslar ajratilgan bo‘lib, bu ta’lim tizimida davlat va jamiyat hamkorligining yaxshi namunasi hisoblanadi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI