Xitoy Xalq Respublikasining Tyantszin shahrida investitsion, savdo va turizm biznes-forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Xitoy Xalq Respublikasining Tyantszin shahrida investitsion, savdo va turizm biznes-forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Forum ishida viloyat rahbari Adiz Boboyev boshchiligida viloyatimiz delegatsiyasi ishtirok etmoqda. Adiz Boboyev o‘z nutqida xitoylik investorlarni Samarqandga taklif etib, investitsiya kiritgan holda tadbirkorlik qilishga chaqirdi. Tadbirkorlik rivojlanishi borasida qonun doirasida barcha amaliy yordamlarni ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.
Forum doirasida Samarqand viloyatining investitsion jozibadorligi taqdimoti o‘tkazildi. Shuningdek, hamkorlik yo‘nalishlari va istiqbollari haqida ma`lumotlar berildi.