YIL SARHISOBIGA BAG‘ISHLANGAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
YIL SARHISOBIGA BAG‘ISHLANGAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
💎Samarqand viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasining 2024-yil faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
✨Uchrashuvda joriy yilning o‘tgan davri davomida xotin-qizlarni ijtimoiy, iqtisodiy himoyalash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar xususida so‘z yurtildi. 2025-yilda ham bu borada tizimli islohotlar hayotga tadbiq etilishi taʼkidlandi.
✅Tadbir so‘ngida xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yana-da oshirish ishlaridagi fidoiyligi, tashabbuskorligi, o‘zining ko‘p yillik samarali mehnati va yuksak tajribasi bilan namuna ko‘rsatib kelayotgan hamda oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni mustahkamlash yo‘lida munosib hissa qo‘shgan masʼullar taqdirlandi.
✅Jumladan, Ishtixon tumani hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Feruza Chinorova ham, Samarqand viloyati hokimligining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI