"Yosh kelin-kuyovlar maktabi"da uchrashuv
"Yosh kelin-kuyovlar maktabi"da uchrashuv
Ishtixon tumanidagi" Baxt uyi" binosida "Yosh kelin-kuyovlar maktabi" faoliyatini yanada takomillashtirish, maxsus o‘qiv kurslarini tashkil etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshligʻi Feruza Chinorova soʻzga chiqib, "Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash" oʻquv kursini tashkil etishdan koʻzlangan maqsad, yosh oilalarni hayot tarbiyalashda ibratli oila vakillarining o‘rni va vazifalari xususida fikr-mulohazalar bildirishdi.
Seminar soʻnggida "Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash" oʻquv kursining 6 nafar nikohlanuvchi juftliklariga sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alar topshirildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI