Туман Кенгаши янгиликлари

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28 sonli Farmoni ijrosi Ishtixon tumanida nazoratda va amalda

Xalqning haqiqiy ovoziga aylanaylik
Malumki, joriy yilning 2-fevral kuni Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonda mamlakatimizda so‘nggi yillarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilishga oid dolzarb masalalarni hal qilish bo‘yicha vakolatlari kengaytirilib, xalq hokimiyatchiligini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish borasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilganligi alohida ta’kidlangan.
Darhaqiqat o‘tgan davr mobaynida mahalliy kengashlarning nazorat faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan huquqiy asoslar yaratildi. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarning faoliyati ustidan xalq deputatlari Kengashlarining nazorat funksiyalarini kengaytirish maqsadida ularga o‘ndan ortiq qo‘shimcha vakolatlar berildi. Xususan, prokuratura, adliya, ichki ishlar, moliya, soliq, ekologiya va sog‘liqni saqlash organlari rahbarlarining hisobdorligi belgilab qo‘yildi.
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari vakolatlari, mahalliy Kengash raisi va hokim lavozimlari bir-biridan ajratilganligi hokimiyatlar bo‘linishiga oid konstitutsiyaviy tamoyilning milliy darajada ijrosini ta’minlashda muhim qadam bo‘ldi.
Shu bilan birga “O‘zbekiston - 2030” strategiyasida ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlar mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini xalqning haqiqiy “ovoziga” aylantirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini transformatsiya qilib, hududiy boshqaruvni “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yishni talab etmoqda.
Yangi Farmonga ko‘ra, jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda mahalliy vakillik organlarining rolini oshirish maqsadida 33 ta funksiya va vakolatlar xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga o‘tkazildi.
Masalan, davlat bog‘cha va maktablarini tashkil etish, atmosfera havosiga ta’sir etuvchi korxonalarni qurish joylarini, chiqindilar ko‘mib tashlanadigan joylarni belgilash, yo‘lovchi va yuk tashish tariflari, jumladan fuqarolarning alohida toifalari uchun imtiyozli tariflar, tabiiy ob’ektlarga, transport va muhandislik-texnika infratuzilmasi ob’ektlariga nom berish va boshqalar shular jumlasidandir.
Shuningdek, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining davlat organlarining hisobot (axborot)larini eshitishga doir ayrim vakolat va funksiyalari 10 taga birlashtirilgan holda tizimlashtirildi.
Masalan, hokimlar va ular o‘rinbosarlarining 7 turdagi (dasturlar ijrosi; kichik biznes, tadbirkorlik, aholi bandligi; kreditlar ajratish; hokim yordamchilari axborotlarini eshitish yakunlariga oid) hisobotlarini eshitish – hokimlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi bo‘yicha hisobotlarini eshitish doirasida ko‘rib chiqiladi.
Farmonga muvofiq, mahalliy Kengashlar zimmasiga vazifa va funksiyalar faqatgina qonun hujjatlari bilan yuklanadi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan mahalliy Kengashlar faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda vazifalarni mahalliy vakillik va ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘rtasida aniq belgilash amaliyoti joriy etiladi.
Normativ-huquqiy hujjatlarda mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilgan, mahalliy Kengashlarning qonunchilikda belgilangan vakolatlariga xos bo‘lmagan vazifalar ijrosi bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mas’ul hisoblanadi.
Farmon bilan 2024-yil 1-oktyabrgacha O‘zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilishi nazarda tutilgan.
Davlatimiz rahbari tominidan qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-28 sonli Farmonini keng jamoatchilikga tanishtirish da barcha deputatlarning faol bo‘lishi bugungi kunning asosiy vazifalaridan biridi 

QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI - Samarqand viloyati

 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari tomonidan 2024-yilning 7-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmoni ijrosi yuzasidan tumanda olib borilayotgan ishlarni o‘rganish orqali deputatlik nazoratini o‘rnatish amalga oshirildi. Mazkur o‘rganish davomida Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning sifat darajasi o‘rganilib, mas’ullarga tegishli tushuntirishlar berildi.

 

 

 

Туман Кенгаши депутатлари томонидан назоратга олинди 

   БАТАФСИЛ:  http://ishtixon.uz/uz/node/1216

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM