Ishtixon tuman elektr ta’minoti korxonasi ogohlantiradi!

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Ishtixon tuman elektr ta’minoti korxonasi ogohlantiradi!

Ishtixon tumanida joylashgan "Malik" 35/10 kVli nim stansiyasidagi T-2 quvvati 6300 kVa transformatori aholi xonadonlarini ko‘payishi hamda elektr energiyasiga bo‘lgan talabi oshishi natijasida ushbu transformatorning quvvati yetishmasligi va zo‘riqib ishlashiga olib keldi. 

Shu sababli xozirgi kunda ushbu transformator punktiga qo‘shimcha 2500 kVa transformator o‘rnatish ishlari Kattaqo‘rg‘on KRVVS tashkiloti tomonidan amalga oshirilmoqda. 

Ayni vaqtda Kattaqo‘rg‘on KRVVS tashkiloti tomonidan kerakli elektr uskunalari olib kelinib o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Ushbu ishlar to‘liq amalga oshirilgandan keyin fider Qurli, Mingchinor va Gazaprovod (Borlos, Mirishkor, Chag‘atoy, Soxibkor, Orlot MFY hududlari) elektr tarmoqlari to‘liq elektr energiyasi bilan ta'minlanadi. 

Ishtixon tuman elektr ta’minoti korxonasi ma’muriyati keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

«Ishtixon TETK» matbuot xizmati.

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM