"Vatanjonim vatanim "nomli mavzu asosida joriy yilning 8-sentyabr kuni musiqa rahbari Mo'tabar Bo'tayeva tomonidan tashkil qilingan seminar bo'lib o'tdi.  

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Bolalarni har tamonlama Vatanga muhabbatli qilib tarbiyalashda ular yod olayotgan she'r va qo'shiqlarda ham aks etishi Ishtixon tumanidagi 17-sonli DMTTda ham o'z ifodasini topmoqdaki,  "Vatanjonim vatanim "nomli mavzu asosida joriy yilning 8-sentyabr kuni musiqa rahbari Mo'tabar Bo'tayeva tomonidan tashkil qilingan seminar bo'lib o'tdi.  

Seminarda tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari ishtirokida ajoyib mashg'ulot metodika asosida tayyorlandi.

Bolalar mashg'ulotga pianinoda chalingan marsh musiqasi asosida shahdam qadamlar bilan kirib keldilar. 

Ko'tarinki ruhda boshlangan seminarda ovoz sozlash mashqlari, musiqa tinglash, ritmik harakatlar, qo'shiq kuylash, raqs elimentlarini o'rgatish va ta'limiy o'yinlardan foydalanib olib borildi.

Seminarda tuman maktabgacha ta'lim bo'limidan V.Soliyeva va barcha tuman DMT T lardagi musiqa rahbarlari ishtirok etishdi.

Ishtixon tuman hokimligi Axborot xizmati

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM