HURMATLI ISHTIXONLIKLAR SIZLAR UCHUN MUHIM XUSHXABAR!
Xabaringiz bor, Ispaniyaning La-Nusia shahrida 14-26 kunlari sportning boks bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkazilmoqda. Unda Ishtixon tumani sport maktabining o‘quvchisi Gulsevar G‘aniyeva 45-48 kg vazn toifasida ishtirok etib, finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Ma'lumot uchun Gulsevar birinchi jangini Vengriya davlati vakilasi bilan, ikkinchi jangini Xitoy davlati vakilasi bilan, uchinchi jangini Dominikan davlatining vakilasi bilan bahslashib, g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Gulsevar finalda Hindistonlik raqibi bilan o‘zaro kuch sinashadi. Final 25-noyabrda bo‘lib o‘tadi. Gulsevar G‘aniyevaga ayni paytda murabbiylikni tuman sport maktabining boks murabbiysi Azimjon Xudayqulov amalga oshirmoqda.
Keling barchamiz sportchimizga omad tilab, chempion bo‘lib yorug‘ yuz bilan tumanimizga yana bitta Jahon chempionatining Oltin medalini taqdim etishlarini istab qolamiz.
Ishtixon tumani hokimligi Axborot xizmati