Mitan shaharchasi Q. Qarshiyev mahallasida tadbirkor Bunyod Qilichev tomonidan 100 o'rinli “Sexrli dunyo” nomli davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti qurib foydalanishga topshirildi.

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tumanda 3-7 yoshgacha bo'lgan 23 ming 445 nafar bolalarning 17 ming 019 nafari yoki 72,6 foizi, tumandagi 261 ta (30 ta davlat, 206 ta oilaviy, 25 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi) maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qamrab olingan. Shuningdek, umumta'lim maktablaridagi bo'sh xonalar xisobiga 114 ta, Pedagogika kollejida 2 ta va davlat MTTlarida 3 ta, jami 119 ta majburiy bepul maktabga tayyorlov guruhlari tashkil etilib, 6 yoshli bolalarning 3 ming 358 nafari tarbiyalanmoqda.

Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining tumandagi 3-7 yoshli bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrovidagi ulushi 38% ni tashkil etadi. Mitan shaharchasi Q. Qarshiyev mahallasida tadbirkor Bunyod Qilichev tomonidan 100 o'rinli “Sexrli dunyo” nomli davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti qurib foydalanishga topshirildi.

Bog'chaning ochilishi marosimiga tashrif buyurgan tuman hokimi Fazliddin Ruziyev mahalla nuroniylari, uy bekalari bilan dildan suhbatlashdi. Rahbar va mahalladoshlar hududni yanada obod qilishda yana qaysi jihatlarga ahamiyat berish kerakligi to'g'risida fikr almashdi. Otaxonlar el-yurtga tinchlik, farovonlik tilab duo qildilar.

Darhaqiqat, Q. Qarshiyev mahallasida hozirda 3-7 yoshli bolalarning soni 431 nafarni tashkil etadi, mahallada 2 ta davlat va 3 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari joylashgan. Tashkilotning loyixa qiymati 3 mlrd 606 mln, kredit mablag'i 2 mlrd 200 mln, tadbirkorning o'z mablag'i 1 mlrd 406 mln ni tashkil etadi.

 
Ishtixon tumani hokimligi Axborot xizmati

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM