HECH KIM MEHR VA E'TIBORDAN CHETDA QOLMAYDI

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

HECH KIM MEHR VA E'TIBORDAN CHETDA QOLMAYDI

3 dekabr – "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan Ishtixon tumanidagi “Shohona” bazmgohida bayram dasturxoni yozilib, tadbir tashkil etildi. 

Tadbirda viloyat hokimining birinchi o'rinbosari O'roqov Jamshid Rajabovich, tuman hokimi Fazliddin Ruziyev so'zga chiqib, bugungi kunda yurtimizda nogironligi bor fuqarolarga yanada ehtirom ko‘rsatish, ularning xolidan xabar olishga alohida e'tibor qaratilayotganligi haqida gapirishdi. 

Bayram tadbirida nogironligi bor fuqarolarga nogironlik aravachasi, qo'ltiq tayoqlar, hassa va boshqa esdalik sovg'alari topshirildi. 

Tuman madaniyat bo‘limi sanʼatkorlari tomonidan yangragan kuy qo‘shiqlar esa davraga ko‘tarinkilik baxsh etdi.

Ishtixon tumani hokimligi Axborot xizmati

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM