Ishtixon tumanida "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri o‘tkazildi.

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

 Ishtixon tumanida "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirga uch avlod vakillari - mehnat faxriylari, fidoyi ishchilar va yoshlar taklif etildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan tuman hokimi F. Ruziyev avvalo, barchani bugungi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning kengaytirilgan murojaatnomasining mohiyati bilan barchani qutladi. Erkin va obod jamiyatimiz, farovon turmushimiz, bularning barchasi mamlakatimizda davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan mislsiz o‘zgarish hamda yangilanishlar samarasi ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Suhbat  "Shohona" bazmgohda "Bir piyola choy ustida" davom ettirildi.
Shuningdek, tadbirda so‘z olgan nuroniylarimizdan tuman "Nuroniylar kengashi" raisi  B. Xidirov so‘zga chiqib, bugungi murojaatda aytilgan nuroniylar oldidagi vazifalarni bir-bir ta’kidlab, yanada jipsroq faoliyat olib borib, yoshlarni tarbiyalashda keksa va o‘rta avlodning vazifalari ezgu va milliy qadriyatlarimizdan ham iborat ekanligini aytib o‘tdi. Tadbir davomida Vatan, baxt-saodat, tinchlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi. Tadbirda shuningdek, sektor rahbarlari, hokimi o‘rinbosarlari, mahalla faollari, ta’lim sohasi vakillari  hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.
 

Ishtixon tumani hokimligi Axborot xizmati

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM