AYOL –  MOʻTABAR !!!

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

AYOL –  MOʻTABAR !!!

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “GRANT AZIYA” bazmgohida turli sohalarda faoliyat yuritib, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga hissa qoʻshib kelayotgan xotin-qizlar, nuroniy onaxonlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar uchun bayram dasturxoni yozildi.

Bazmgoh eshigi oldida har bir mehmon gul bilan kutib olindi. Dastlab tadbir ishtirokchilarini tuman hokimi Fazliddin Ruziyev bahorning ilk bayrami bilan muborakbod etdi. So‘ng barcha sektor rahbarlari davrani kezib, xotin-qizlarga sovg‘alar ulashdilar.

Toshkent shahridan tashrif buyurgan elimizning ardoqli xonandasi, “Gulinur” ijrosida yangragan qoʻshiqlar esa davraga oʻzgacha shukuh baxsh etdi !!!

___
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM