Ishtixonda "CYBER-WEEK" targ‘ibot-tashviqot haftaligi doirasida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Ishtixonda "CYBER-WEEK" targ‘ibot-tashviqot haftaligi doirasida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. 
Ishtixon tumani adliya bo‘limi YUXKM xodimlari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida kiberjinoyatlarga qarshi kurashish va uning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari  olib borildi. 
Unda soxta havolalarga aldanib qolmaslik, shaxsiy ma’lumotlarni begona foydalanuvchilarga taqdim etmaslik, bunday holatga tushganda yuzaga keladigan oqibatlar haqida mutaxassislar tushuntirish ishlarini olib borishdi. Tibbiyot birlashmasi xodimlarining savollariga atroflicha javob berildi. Shuningdek, ishtirokchilarga mavzu doirasida tayyorlangan tarqatma materiallar tarqatildi. 
Mazkur yo‘nalishdagi tadbirlar davom etmoqda.

ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
 

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM