"YOSHLAR SALOMATLIGI OYLIGI" AKSIYASI

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

"YOSHLAR SALOMATLIGI OYLIGI" AKSIYASI

Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 29-apreldagi 11-11249-sonli ko‘rsatma xati asosida mamlakatimizda “Yoshlar salomatligi oyligi” o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan Samarqand viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan rejaga asosan, Ishtixon tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada “Yoshlar salomatligi oyligi” aksiyasi o‘tkazildi. Aksiya doirasida tumandagi 18-30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar viloyatdan kelgan 15 turdagi tibbiyot mutaxassislari  va KTMP tor soha mutaxassislari tomonidan maqsadli tibbiy ko‘riklardan o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra 4739 nafar yoshlar tibbiy ko‘riklardan o‘tkazildi. 785 nafar yoshlarda kasalliklar aniqlangan. Shundan 745 nafar fuqarolarga ambulator, 38 nafar fuqarolarga tuman shifoxonasida statsionar, 2-nafar fuqarolarga viloyat shifoxonasida davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.
___

ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
 

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM