Bokschilarimiz Xabarovskadagi xalqaro turnirni 12 ta medal bilan yakunladi. Ishtixoblik bokschi  Nigina O‘ktamova oltin medalni qo‘lga kiritdi.

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Bokschilarimiz Xabarovskadagi xalqaro turnirni 12 ta medal bilan yakunladi. Ishtixoblik bokschi  Nigina O‘ktamova oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Rossiya Federatsiyasining Xabarovsk shahrida boks bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida Konstantin Korotkov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir o‘z yakuniga yetdi. 

Musobaqada erkaklar va ayollar tarkibi bilan qatnashgan terma jamoamiz umumiy hisobda 12 ta medalga sazovor bo‘lishdi. 

Vakillarimiz turnir yakuniga ko‘ra 3 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. 

Jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo‘lishdi: 

Oltin:

-50 kg: Sabina Boboqulova
-54 kg: Nigina O‘ktamova
-75 kg: Aziza Zokirova

Kumush:

-50 kg: Feruza Kazakova
-57 kg: Sitora Turdibekova
-66 kg: Navbahor Hamidova
-75 kg: Alisher Ayubov
-86 kg: Odiljon Aslonov

Bronza: 

-54 kg: Axtamov Qodirbek
-71 kg: Javlonbek Yo‘ldoshev
-71 kg: Aman Konsbekov
-92 kg: Amirshox Samadov
___
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM