Ishtixon tumani IIB JXX Probatsiya hisobida turgan nazorat ostidagi shaxslar bilan sayohat uyushtirildi.

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Ishtixon tumani IIB JXX Probatsiya hisobida turgan nazorat ostidagi shaxslar bilan sayohat uyushtirildi.

Ishtixon tumani IIB JXX Probatsiya hisobida turgan nazorat ostidagi shaxslar bilan “Tarixga bir nazar” shiori ostida tuman muzeyiga sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida tuman muzeyining noyob eksponatlari, jumladan, Ishtixon tumanining tarixi va madaniyati bilan yaqindan tanishishdi. Tadbir davomida “Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak maʼnaviyatga erishib boʻlmaydi” shiori ostida tumandagi Axborot kutubxona markaziga ham tashrif buyurildi. Markazining direktori tashrif buyurganlarga kutubxona haqida yaqindan maʼlumotlar berdi. Axborot-kutubxona markaziga tashrifdan soʻng  tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandligini taʼminlash boʻlimi binosida “Ishga marhamat” tadbiri oʻtkazilib, ushbu tadbirda 3 nafar shaxslarning bandligi taʼminlandi.
___
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM