
Ishtixon tumani IIBga yangi rahbar tayinlandi
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov tomonidan Ishtixon tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, shaxsiy tarkibning xizmat intizomi hamda qonunchilikka rioya qilish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv avvalida Boshqarma boshlig‘i Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan tuman IIB boshlig‘i lavozimiga yangi tayinlangan podpolkovnik Sherzod Tog‘ayevni shaxsiy tarkibga tanishtirdi.Tayinlovga qadar Sh.Tog‘ayev Toyloq tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Avvalroq xabar berganimizdek, tuman IIBning oldingi rahbari podpolkovnik Surach Sharipov Payariq tumani IIBga rahbar etib tayinlandi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati