Сиёсий партиялар

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” Demokratik partiyasi haqida

Ўзбекистон “Миллий тикланиш” Демократик партияси ҳақида

2008 yil 20 iyun kuni O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi va O‘zbekiston "Fidokorlar" milliy demokratik partiyasining birlashish Qurultoyi bo‘lib o‘tib, ikki partiya negizida yangi O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi tashkil topdi. 

Bugungi kunda partiya a’zolar soni 190 mingga yaqinni tashkil etadi. O‘zMTDP5578 dan ortiq boshlang‘ich partiyatashkilotlariga ega.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining asosiy maqsad-vazifasi milliy an’analarni va qadriyatlarni saqlashdan iborat. Partiya huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, fan-texnika taraqqiyotini va O‘zbekistonning globallashib borayotgan jahonda munosib o‘rin egallashini ta’minlashni yoqlaydi. U biz faxrlanadigan milliy an’analar va qadriyatlarimizni saqlab qolish tarafdorlari bo‘lgan insonlar manfaatlarini himoya qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Bunday shaxslar – partiyaning asosiy ijtimoiy qatlamidir. Partiya mustaqillik yillarida boshlangan milliy qadriyatlarni tiklash, o‘zlikni anglash, milliy g‘oyalarni shakllantirish va milliy mustaqillik mafkurasini mustahkamlash, xalqning ma’naviy hayotida diniy an’analarni tiklash kabi xayrli ishlarni izchil, bosqichma-bosqich va tizimli ravishda davom ettirish tarafdoridir. Ushbu ishni sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish, uning samaradorligini oshirish zarur.

“Maqsadimiz – O‘zbekiston fuqarosi ongida o‘z mamlakatining tarixiy o‘tmishi, bugungi kuni va kelajagi uchun faxrlanish tuyg‘usini tarbiyalash va mustahkamlash!” – yangilangan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining asosiy siyosiy shiori hisoblanadi.

Davlatning yangi xalqaro sharoitlarda va geosiyosiy voqelikda milliy manfaatlarni ro‘yobga chiqarish va himoya qilish yuzasidan amaliy qadamlarining taktik va strategik maqsadlari va vazifalari zamirida milliy tiklanish va rivojlanishning umumiy mafkurasi va keng qamrovli dasturi mavjudligi – bizning muqaddas orzumiz va strategiyamiz bo‘lgan - yurt tinchligi, Vatan taraqqiyoti, xalq farovonligi – umummilliy g‘oyasi atrofida jamiyatimizni birlashtirishga asoslangan yo‘lini O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi (O‘zMTDP) qo‘llab-quvvatlaydi.

Partiyaning oliy rahbar organi Partiya Qurultoyi bo‘lib, u kamida besh yilda bir marta chaqiriladi.

Partiyaning matbuot nashri - "Milliy tiklanish" ijtimoiy-siyosiy gazetasi.

O‘zDPMT rasmiy veb-sayti va elektron pochtasi: www.mt.uz, info@mt.uz.

http://www.elections.uz/img/eye7.jpg21940

 

 

 

“Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi” (O‘zLiDeP) haqida

“Тадбиркорлар ва ишбилармонлар ҳаракати – Ўзбекистон Либерал-демократик партияси” (ЎзЛиДеП) ҳақида

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi 2003 yil 15 noyabrda bo‘lib o‘tgan Ta’sis S’yezdida tashkil topgan.

Bugungi kunda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi o‘z safida 252 mingdan ziyod a’zoni birlashtirgan, 10282 ta boshlang‘ich partiya tashkilotiga ega bo‘lgan yetakchi siyosiy kuch sifatida saylovlarga kirib bormoqda. 

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

 

Birinchi maqsad. Siyosiy kuch sifatida birlashgan holda tadbirkorlar, ishbilarmonlar va fermerlarning yanada kengroq faoliyat yuritishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratish, ularning istiqbolini ham nazariy, ham amaliy jihatdan asoslab berish, jamiyatning mazkur qatlami manfaatlarini himoyalash va ertangi kunini ta’minlash. Shu ijtimoiy toifa nomidan O‘zbekistonnning siyosiy sahnasiga chiqish va o‘zining munosib o‘rnini egallash.

Ikkinchi maqsad. Mamlakatning milliy manfaatlari va taraqqiyotining strategik istiqbollariga javob beradigan dasturni Konstitutsiya tamoyillariga suyanib, boshqa siyosiy partiya va harakatlar bilan hamkorlikda ishlab chiqish va amalga oshirish uchun partiyaning kuch va imkoniyatlarini safarbar etish.

O‘zbekiston tanlagan ochiq, bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik, huquqiy davlat qurish, fuqarolik jamiyati institutlarining rivojiga keng yo‘l ochib berish va demokratik qadriyatlarni xalq, avvalo yoshlar ongi va hayotiga singdirish.

Uchinchi maqsad. Davlatni boshqarish, jamiyatda shakllanayotgan qarashlarga ta’sir o‘tkazish, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etish, ijtimoiy muammolarni hal etishda ko‘maklashish, O‘zbekistonning xalqaro obro‘sini oshirishda, yurt tinchligi va osoyishtaligini saqlashda, millatlararo va fuqarolararo ahillik va totuvlikni mustahkamlash ishida faol qatnashish. 

Yoshlarni milliy g‘oyaga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat, o‘z elim, o‘z yurtim, jon O‘zbekistonim deb g‘ururlanib yashash ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shish, har qanday sharoitda mustaqillik yo‘lini, qadriyatlar, milliy va diniy an’analar va urf-odatlarni qadrlash barobarida, barcha millat va elatlar qadriyatlarini kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, bunday xurujlarga qarshi kurash olib borish.

To‘rtinchi maqsad. Partiyaning siyosiy platformasi - liberal-demokratik g‘oya va qadriyatlarni keng omma ongiga singdirish, bu borada har tomonlama chuqur o‘ylangan tashviqot va targ‘ibot ishlarini olib borish, o‘z safini kengaytirish. Shu g‘oyalarni hayotga tatbiq qilishda fidoyilik ko‘rsatgan faollarni deputatlikka nomzod sifatida ko‘rsatish va saylovchilar ishonchini qozongan o‘z deputatlari zimmasiga davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlarida vakillik vazifasini yuklash hamda ularning faoliyatini boshqarish.

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining S’yezdi partiya oliy organi hisoblanadi va u 5 yilda kamida bir marotaba o‘tkaziladi.

O‘zLiDePning markaziy nashri – «XXI asr» ijtimoiy-siyosiy gazetasi.

Partiyaning rasmiy veb-sayti va elektron pochtasi:

www.uzlidep.uz, uzlidepinform@mail.ruuzlidep@uzlidep.uz.

 

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi haqida

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasiga (qisqacha nomlanishi – O‘zbekiston XDP) 1991 yil 1 noyabrdagi partiyaning Ta’sis qurultoyida asos solindi. 

Bugungi kunda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi ushbu saylovlarga o‘z safida 424.5 mingdan ziyod a’zolari bilan bormoqda. Partiya a’zolarini bevosita birlashtiradigan 9955 ta boshlang‘ich tashkilot faoliyat ko‘rsatyapti.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:

– O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga va himoyaga ehtiyojmand fuqarolari manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi. Bular – iqtisodiyotda band bo‘lmagan mehnatga layoqatli aholi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezadigan va ishga joylashishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan odamlar; doimiy ish joyi va muqim maoshga ega bo‘lmagan aholi qatlami, boshqa ijtimoiy sohalarning xodimlari va mutaxassislari, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalar, pensionerlar hamda imkoniyatlari cheklangan kishilar.

O‘zbekiston XDP davlat tomonidan ushbu toifa kishilarining manfaatlarini ko‘zlab izchil siyosat olib borilishiga harakat qiladi, ularni o‘zining elektorati deb hisoblaydi va saylov kampaniyalarida ularning qo‘llab-quvvatlashiga umid bog‘laydi;

– katta hayotga kirib kelayotgan yoshlarning kasb-hunar tanlashi, ta’lim olishi va o‘qishni bitirganidan keyin ish o‘rniga ega bo‘lishi uchun adolatli, barcha uchun teng hamda ijtimoiy ochiq shart-sharoitlar yaratish; pensionerlar, mehnatga layoqatsiz nogironlar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalarning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga kafolat beradigan pensiya ta’minoti va ijtimoiy nafaqalar tizimini shakllantirish;

– xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlarining hududiy ish o‘rinlari yaratish hamda o‘rta maxsus va oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash dasturlariga moslashtirilgan xizmat va tovarlar ishlab chiqarishni rivojlantirishga doir o‘rta muddatli investisiya dasturlarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash borasidagi tashabbuslarini yanada rivojlantirish; shu o‘rinda mahalliy xomashyodan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va mavjud resurs hamda talab asosida xizmatlar ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Partiya o‘zining ommaviy axborot vositalariga ega. Uning markaziy nashrlari:

– o‘zbek tilida chop etiladigan “O‘zbekiston ovozi” gazetasi;

– rus tilida chop etiladigan “Golos Uzbekistana” haftaligi. 

Partiyaning rasmiy veb-sayti va elektron pochtas: www.xdp.uz,  info@xdp.uz.

 

 

O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi haqida

O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi 1995 yil 18 fevralda partiyaning birinchi Ta’sis Qurultoyida tashkil topgan. 
  
Bugungi kunda O‘zbekiston "Adolat" SDP o‘z safida 135 mingdan ortiq a’zoni birlashtirgan 3700 dan ziyod boshlang‘ich partiya tashkilotlariga ega. 
  
O‘zbekiston "Adolat" sosial-demokratik partiyasining asosiy maqsadi:

– demokratik, huquqiy davlatni, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan kuchli, adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etishda hamda O‘zbekiston hududida yashayotgan barcha millat va elatlarning umumiy manfaatlariga mos keladigan, fuqarolarning qonun oldida tengligi, birdamligi, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari ta’minlangan ma’naviy jipslashgan jamiyatni shakllantirishda faol ishtirok etish. 

Partiyaning vazifalari:

– O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash borasida demokratik jarayonlarni jadallashtirish;

– O‘zbekistonda huquqiy-demokratik davlat barpo etish borasida Vatanga sadoqatli xizmat qiladigan insonlarni tarbiyalash;

– O‘zbekiston fuqarolariga o‘z qonuniy huquqlari, erk va burchlarini anglashga ko‘maklashish, ularning siyosiy ongi, madaniyatining rivoji uchun kurashish;

– o‘zbek xalqining milliy an’analariga tayangan holda milliy qadriyatlarni tiklash, boy madaniy merosimizni o‘rganish asosida yosh avlodni tarbiyalash;

– millatlararo munosabatlarni mustahkamlash, do‘stlik va hamjihatlikni rivojlantirish, har qanday millatchilik, diniy ekstremizm, terrorizm illatlariga qarshi kurash olib borish, dinlararo bag‘rikenglikni, tinchlik va barqarorlikni, millatlararo totuvlikni targ‘ib qilish;

– davlat ijroiya tizimini takomillashtirish, davlat hokimiyati organlarida iymonli, pok, o‘z Vatani, xalqini sevadigan va elu yurtiga sadoqat bilan xizmat qiladigan rahbar va mutaxassis kadrlarning ishlashiga erishish;

– respublika fuqarolarining turmush darajasini ko‘tarish, ijtimoiy jihatdan muhtoj aholining muhofazasini ta’minlash borasida takliflar ishlab chiqish va uni amalga oshirish;

– O‘zbekistonning jahon miqyosida o‘z o‘rnini egallashi, dunyodagi ilg‘or davlatlar bilan xalqaro huquq talablari asosida o‘zaro manfaatli aloqalarini rivojlantirish uchun faoliyat ko‘rsatish, milliy manfaatlariga mos keladigan tashqi siyosatni qo‘llab-quvvatlash;

– Partiyadan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining saylanadigan lavozimlariga nomzodlar ko‘rsatish, qayd etilgan saylovlarda ishtirok etish, shuningdek, saylangan organlarda faoliyat ko‘rsatish;

– malakali mutaxassislar, byudjet sohalari xodimlari, pedagoglar, shifokorlar, muhandis-texnik va ilm-fan vakillari, xizmat ko‘rsatish sohalari mehnatkashlari manfaatlarini himoya qilish. 

Partiya faoliyati ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti negizida fuqarolik jamiyatini qurish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayoniga aholining barcha qatlamlarini jalb etish, hokimiyatning vakillik organlari orqali davlat boshqaruvida ishtirok etish, fuqarolarning siyosiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, mamlakat hayotining muhim masalalari yuzasidan o‘z tarafdorlarining fikr va mulohazalarini yuzaga chiqarish va bu masalalar bo‘yicha partiya pozisiyasini keng jamoatchilikka va barcha pog‘onadagi davlat hokimiyat organlariga yetkazishga qaratilgan.

Partiya o‘zining g‘oyalariga sadoqatli hamda saylovchilar ishonchini qozongan nomzodlarni davlat hokimiyatining vakillik va ijro organlariga ilgari suradi. 

Partiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rniga ega bo‘lgan taqdirda hamda mamlakat qonunchiligiga asosan eng ko‘p deputatlik o‘rniga ega bo‘lgan boshqa partiyalar bilan blokda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga o‘z nomzodini ilgari suradi. 

Partiyaning oliy organi Qurultoy hisoblanadi. Siyosiy Kengash Plenumlari har yilda kamida ikki marta o‘tkaziladi. 

“Adolat” ijtimoiy-siyosiy gazetasi  O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasining rasmiy nashri hisoblanadi,  gazeta 1995 yil 22 fevralda tashkil etilgan.

Partiyaning rasmiy veb-sayti va elektron manzili: www.adolat.uzinfo@adolat.uz.

O‘zbekiston ekologik harakati fuqarolarning hozirgi va kelgusi avlodi qulay atrof-muhit sharoitida yashash, aholi salomatligini yaxshilash, barcha tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish huquqlarini hamda ularga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan yangilanish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishda jamiyatning bor kuch va salohiyatini safarbar qilishga intiladi.

Ekoharakat «Sog‘lom muhit — inson salomatligi» g‘oyasini o‘zining asosiy shiori hisoblaydi va uni amaliy bajarilishini ta’minlash maqsadida o‘z oldiga quyidagi dasturiy vazifalarni qo‘yadi.

I. Atrof-muhit muhofazasi va ekologik holatni sog‘lomlashtirish ishida jamoatchilik ishtiroki faolligini har tomonlama kuchaytirish;

II. Atrof tabiiy muhit muhofazasi masalalarida qabul qilingan qonunlar va davlat miqyosidagi boshqa qarorlar ijrosini ta’minlash hamda bu sohadagi qonunchilikni rivojlantirish va takomillashtirishga ko‘maklashish bo‘yicha tizimli ishlarni yuritish;

III. Atrof tabiiy muhit muhofazasi va shu maqsadlarga ajratilgan resurslardan oqilona foydalanish borasida qabul qilingan hujjatlarni ijro etishda markaz va joylarda davlat organlari, jamoatchilik va boshqa tuzilmalar mas’uliyatini oshirish;

IV. Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, ekologik ta’lim va tarbiya tizimini rivojlantirish;

V. Atrof-muhit muhofazasi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;

VI. Atrof-muhit muhofazasi davlat, jamiyat va har bir fuqaroning vazifasi bo‘lishiga erishish;

VII. Atrof-muhit muhofazasi sohasida nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish.

 

 

 

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM