Samarqand viloyati hokimligi Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev boshchiligidagi delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Ayni damda Ishtixon tuman hokimi Fazliddin Ruziyev boshchiligidagi delegatsiya Zhangjiakou shahrining elektr tarmog‘i rahbari hamrohligida "Zhangjiakou" quyosh elektr stansiyasi korxonasiga tashrif buyurib kompaniyaning ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Ucharashuv davomida Zhangjiakou shahridagi "Zhangjiakou" kompaniyasining bosh menejeri Du Huayi bilan bir qator hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Ushbu uchrashuv uchta yo‘nalishda tashkil etildi. Tashkilot faoliyati bilan tanishtirish taqdimoti, ishlab chiqarish yo‘nalishlari hamda yakuniy savol javoblar bilan yakunlandi.
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI