O‘zbekiston Karlar jamiyatining 95 yilligi
O‘zbekiston Karlar jamiyatining 95 yilligi hamda Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan eshitishda va gapirishda nuqsoni bo‘lgan nogiron shaxslar o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha viloyat birinchiligi o‘tkazildi.
Musobaqada 1-o‘rinni Urgut tumani, 2-o‘rinni Nurobod tumani va 3-o‘rinni Samarqand shahar sportchilari egalladilar.
Tadbir ishtirokchilarini viloyat hokimining maslahatchisi Sherali Temirov va tuman hokimi Fazliddin Ruziyevlar tabriklab, qimmatbaho sovg‘alar, medallar, sport formalari va g‘olib jamoaga hokim kubogi bilan taqdirladilar.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI