Tailandda 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning qizlar o‘rtasida final bahsida 8 nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi.
Ularning 5 nafari g‘alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Ikki bokschimiz finalda imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan yurtimizga qaytadi. Yana ikki nafar bokschimiz bronza medalini qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar orasida Ishtixonlik sportchi ham bor. Jumladan, 54 kilogramm vazn toifasida Nigina Oʻktamova Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi.
G‘alaba muborak bo‘lsin!!!
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI