3200 nafar ishtixonlik fabrikalarda ishlaydi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Ishtixonda O‘zLiDeP viloyat kengashi, viloyat fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda tuman xokimligi hamkorligida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishning klaster usulini joriy etishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Partiya faollari, deputatlar, fermerlar, tomorqa yer egalari ishtirok etgan tadbirda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda joriy etilayotgan yangi tizim, uning aholi bandligi ta’minlashdagi ahamiyati, “Klasterga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonun loyihasining muzmun-mohiyati xususida so‘z yuritildi.

- Klaster jahon tajribasida sinovdan o‘tgan va muvaffaqiyat qozongan usul, - dedi tuman xokimining qishloq va suv  xo‘jaligi  masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Alisher Sadatov. – Shu bois Prezidentimiz tomonidan bu borada to‘qqizta hujjat qabul qilinib, iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni klaster usulida tashkil etish masalasiga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Misol uchun, o‘tgan yil tumanimizda klaster usulida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish maqsadida sug‘orish tizimi og‘ir bo‘lgan 134,3 gektar sug‘orib haydaladigan yer maydonidan ajratilib tajriba o‘tkazildi. Ushbu maydonlardan 29,0 sentnerdan ko‘p hosil olishni iloji yo‘q edi. Klaster usuliga o‘tgach, mazkur maydonlarda tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish evaziga gektaridan 42,0 sentnerdan hosil olishga erishildi.

Bu yil tumandagi 8595 gektar g‘o‘za maydonlari “Maroqand sifat tekstil” MChJ klasteriga berildi. Shundan 2 ming gektar maydonni sug‘orish tizimi og‘ir bo‘lganligi uchun tomchilatib sug‘orish rejalashtirilmoqda. Ayni paytda bu maydonlarda tomchilatib sug‘orish uskunalari - to‘plash havuzlari, suv tortish nasoslari, mineral o‘g‘it eritish hamda suvni taqsimlash uskunalari o‘rnatilmoqda. Qolgan 6595 gektar g‘o‘za maydonlari bo‘yicha fermerlar va “Maroqand sifat tekstil” MChJ klasteri o‘rtasida kontraktatsiya shartnomalari tuzildi.

“Maraqand sifat tekstil” MChJ klasteri joriy yilda to‘qimachilik hamda jinsi ishlab chiqarish fabrikalarini ishga tushirishni maqsad qilgan. Ushbu loyihalar 3200 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratish imkoniyatini beradi.

Seminar ishtirokchilari paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish borasida tumanida olib borilayotgan ishlar, amaliy tajribalar bilan ham tanishdilar.

Baxtigul QARSHIYEVA,

O‘zLiDeP viloyat kengashi matbuot kotibi.

2015-2024 © Ishtixon tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM