Bugun tuman hokimi kunning ikkinchi yarimida tuman axborot - kutubxona markazining faoliyati bilan tanishish maqsadida mas'ullar bilan kutubxona markaziga tashrif buyurdi. Bu yerda tuman hokimi kutubxona markazini zamon talablariga mos ravishda jixozlash, o'quv qurollari va badiiy asarlarni ko'paytirish, maktab o'quvchilarini markazga jalb qilish bo'yicha fikr va mulohazalarini bildirdi. Qolaversa, markazdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish bo'yicha mutasaddilarga tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berdi. Shuningdek, tuman hokimi Ma'naviyat va ma'rifat markazining tamirlash jarayonini ham ko'zdan kechirdi.
Ishtixon tuman hokimligi Axborot xizmati