"Mehr daftari", e’tibor va sevinch daftari
Bugun Ishtixon tumani hokimligi hovlisida " Mehr daftari"da turuvchi yoshlarning 18 nafariga turli kasblarga oid asbob-uskunalar, buyumlar berildi. Tuman hokimi F. Ruziyev yoshlarni kirib kelayotgan Yangi yil 2023-yil bilan qutlar ekan, ularning qiziqishlariga ham e’tibor berdi.
Davlatimiz va xalqimizga xos saxovat, muruvvat, mehr ko‘rsatish, "Mehr daftari"da turuvchilarning sharoitlarini yaxshilash ishlari tizimli ravishda tumanda amalga oshirilib kelinmoqda.
Yangi yil arafasida ko‘rsatilgan bunday g‘amxo‘rliklar kelgusida yana davom etadi.
Ishtixon tuman hokimligi Axborot xizmati