Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev tumandagi "Ishtixon dehqon bozori" hamda “Miyonqol” kiyim-kechak bozorlariga bordi.
Bozorlarda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, sotuvchi va xaridorlarga qulayliklar yaratish, o‘zaro munosabatlarni yaxshilash, muomala madaniyatini yanada yuksaltirish, narx-navoni belgilashda ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘ymaslik, obodlik va tozalikka e’tibor qaratish kabi jarayonlarda jamoatchilik nazoratini o‘rnatish bo‘yicha tegishli mas’ul rahbarlarga topshiriqlar berdi.
___
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI