insurez
16-03-2024 10:48


⚡️30 iyun — O‘zbekistonda" Yoshlar kuni"

Bugun, 30 iyun — yurtimizda Yoshlar kuni keng tantana qilinyapti. Shu munosabat bilan navqiron avlod vakillarini, kelajagimiz egalarini muborakbod etamiz.

Ta’kidlash joiz, mamlakatimizda yoshlar masalasi har doim davlat siyosati darajasidagi muhim masala bo‘lib kelgan.

Shunday ekan, jamiyatimiz ravnaqining har bir jabhasida o‘z bilimingiz, zamonaviy tajribangiz bilan faol ishtirok etib, xalqimiz, Prezidentimiz ishonchini oqlashingizda zafarlar tilaymiz!

Bayramingiz muborak bo‘lsin O‘zbekiston Yoshlari!

Teglar
Insurance Policy