insurez
16-03-2024 10:50


I SH T I X O N

     Mustaqillik sharofati ela kundan-kunga chiroy ochayotgan O‘zbekistonimizni, hamisha navqiron Samarqand zaminini buyuk olimlar, imomlar va avliyolar yurti deb bejiz aytishmaydi.

Bugungi yangi O‘zbekistonning yanada yangilanayotgan Ishtixon zaminida o‘nlab aziz avliyolar, buyuk allomalar, ilmu fan asoschilari, buyuk kashfiyotchilarning oxirat uyqusida yotganligini yaxshi bilamiz.

Ma’lumki, yurtimiz hududida yashab ijod etgan eng buyuk allomalarimizning 90% Samarqandda ko‘milishgan. Zero, mashhur temuriy Boburmirzo “Boburnoma”da ta’kidlaganidek, dunyoda biror boshqa viloyat yo‘qki, Samarqand viloyatichalik ko‘p va xo‘b buyuk alloma va Imomlarni yetishtirgan bo‘lsa. Demak, muqaddas Samarqand zaminining har bir qadimiy qabristonida dunyo miqyosidagi allomalar qabrlari oxirat qo‘nimini topishgan.

Mustaqilligimizning keyingi besh yili ichida yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyevning xalqparvar siyosati sabab Ishtixon tumanining salohiyati oshib bormoqda.

Samarqand zaminining tarixga boy qadimiy mavzelaridan biri Ishtixon shahri va tumanidir. Ishtixon, VII asr oxiri va VIII asr boshlarida Islom din va madaniyati bilan sharaflangan ilk mavzelardan hisoblanadi. Samarqand viloyati hududida, Samarqand shahridan keyin, Ishtixon mavzeichalik ko‘p va xo‘b buyuk allomalarni yetkazib bergan manzilni topish maholdir. Ishtixondan yetishib chiqqan ulug‘ olimlar islom dini va madaniyati rivojiga nihoyatda katta hissa qo‘shib kelishgandir. Shu ma’noning o‘zi, Ishtixon mavzeining naqadar muqaddas zamin ekanligini anglatib turibdi.

Ishtixon, Zarafshon vohasining qadimiy shaharlaridan biridir. Uning qachon bino bo‘lganligi noma’lum. Mavze, Samarqand shahrining shimoliy-g‘arb tarafida joylashgan. O‘rta asrlardagi arab geografik manbalarining ma’lumotlariga qaraganda, Ishtixon va Samarqand shahri oralig‘idagi masofa 7 farsaxni tashkil etgan.

O‘rta asrlarning ibtidosida Ishtixon mahalliy hokimliklarning markazi bo‘lgan. VII asr oxirlari va VIII asr boshlarida Ishtixon Sug‘d davlati tasarrufiga kiritilib, mustaqil viloyatlardan biri sifatida sanalgan. O‘rta asrlar geografik asarlarning bergan ma’lumotlariga qaraganda, Ishtixon hokimligi hududining masofasi eniga bir manzil (5 farsax)ga, uzunligi esa besh manzil (25 farsax)ga teng bo‘lgan ekan.

VII asr oxiri va VIII asr boshlarida Samarqand Arab lashkarlari tomonidan fath etilgach, Ishtixon So‘g‘d ixshidlari manzilgohiga– poytaxtiga aylantiriladi.

Ishtixon yerlari Zarafshon daryosidan tarqalgan daryo va kanallar suv ichadigan zamin ekanligi tufayli bog‘-u rog‘larga va ekinzorlarga boy bo‘lgan.

Islom ilmining “oltin davri” hisoblangan IX-X va XII asrlarda yurtimizda yuz bergan “Ilmu fan va madaniyat Renessansi” davrida Ishtixon alloma-yu olimlari fan va madaniyat rivojga shunchalik katta hissa qo‘shdilarkim, buni butun dunyo ilm ahllari bir ovozdan tan olishgandir. Bunga sabab, So‘fi Ollohyor, buyuk Imom ar-Rastug‘foniy, mashhur piru murshid Shayx Burhoniddin Sog‘arjiy kabi buyuk allomalarning Ishtixondan yetishib chiqqanligi edi. Umuman, Ishtixoniylar, Sog‘arjiylar nisbalari bilan ilm dunyosida mashhur-u manzur bo‘lgan allomalarning sanog‘i yo‘q.

O‘sha davrlarda mavzeda kalom, fiqh, hadis va tasavvuf sohalarida Ishtixoniy allomalar maktablari tashkil topishgan bo‘lishib, Ishtixon islom dini Hanafiya mazhabining va sufizm tariqatining markazlaridan biriga aylangan. Bu yerga ilm o‘rganish uchun dunyoning turli o‘lkalaridan olimlar kelishar, nazariy bilimlarini oshirishar va buyuk kitoblar yozishar edi.

Ilmiy maktablar tashkil etilishi, madrasa va masjidlar qurilishi va boshqa obodonlashtirish ishlari natijasida Ishtixon ilmiy-madaniy markazlardan biriga aylana borib, kengaya boshlaydi va chiroyli shaharchaga aylana boradi. IX-X asrlarda Ishtixon shaharchasi kengayib, qal’a, shahriston va rabotga ega bo‘ladi, savdo va tijorat rivojlanadi. Mavze, Samarqand va Buxoro yo‘lidagi asosiy savdo maskanlaridan biri sifatida Buyuk Ipak yo‘li manzillaridan biriga aylanadi. Ishtixon bozorlariga tijorat bilan sharq-u g‘arbning turli o‘lkalaridan savdogarlar karvonlari bilan kela boshlashadi, Natijada, karvonsaroylar, tijoriy omborxonalar, rastalar ko‘payib, shahar kengaya boradi.

Ammo, keyingi O‘rta asrlarda, urushlar va vayronagarchiliklar natijasida Ishtixon shahri vayronaga aylanadi va o‘rnida hozirgi Ishtixon mavzei vujudga keladi. Hozirgi davrimizda Ishtixon qaytadan kengaya bormoqda. Ayniqsa, mustaqillikdan so‘ng qadimiy tarixga ega bu shahar tubdan qayta qurilmoqda. Samarqand-Buxoro strategik bosh magistralning asosiy manzillaridan biri sifatida Ishtixon yangilanmoqda; iqtisodiy-madaniy tomondan rivojlanmoqda.

Qadriyat borasida, qadimiy va tarixga boy zamin sifatida tarixi ko‘tarilmoqda, buyuk allomalar oxiratgohlari qayta tiklanib, obod etilmoqda. Jumladan, “Shayxlar” shaharchasida So‘fi Ollohyor ziyoratgohi, Boyli Ota mavzeidagi Imom Rastug‘foniy ziyoratgohi Xalqaro Turizm manzili sifatda e’tirof etilgan.

Ishtixon zamini o‘z zamonasida olamda shu darajada mashhur va manzur shahar bo‘ladiki, Indoneziyadan tortib Ispaniyaning Andaluziya viloyatigacha tarqalgan islom dinining eng katta mazhabi hisoblangan Hanafiyaning markaziga aylanadi.

Bu davrda butun islom olami ilm ahlining, ayniqsa fiqh va kalom ahlining nazari Ishtixonga qaratilgan edi. Chunki, o‘sha davrda bu zaminda ulug‘ Hanafiya mazhabining rayosat raisi Abul Hasan ar-Rastug‘foniy yurtlarida, qadimiy Rustoqifon qishlog‘idagi bog‘larida yashab, ijod etar edilar.

 

 

 

Teglar
Insurance Policy