insurez
09-06-2025 12:06

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Davlat organlari
va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari
mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish choratadbirlari to‘g‘risida” PQ-147-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda
Samarqand viloyati hokimining 2025-yil 3-may 142-7-0-Q/25-sonli qarori ijrosini
ta’minlash haqida

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ijrosi Ishtixon tumanida ham o‘rganildi

🇺🇿Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiyev rahbarligidagi ishchi guruh Samarqand viloyatida korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish, shu jumladan maishiy korrupsiyaga barham berish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ijrosini o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda.

🦅Ishchi guruhning navbatdagi manzili Ishtixon tumani bo‘lib, u yerda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishildi. 

✨Jumladan, tumandagi tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi, xodimlarni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash holati va bemorlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish chora-tadbirlari o‘rganildi.

✅Shuningdek, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan raqamli yechimlar ham ko‘zdan kechirildi.

➕O‘rganish jarayonida ishchi guruh tomonidan tibbiyot sohasida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, bemorlar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
Insurance Policy