
E’LON! G‘ALLA YETISHTIRUVCHI SUBYEKTLAR DIQQATIGA!
E’LON!
G‘ALLA YETISHTIRUVCHI SUBYEKTLAR DIQQATIGA!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–106-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-martdagi 166-son “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi sohasida “E-urug‘” axborot tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini yetishtirish huquqiga ega bo‘lish bo‘yicha elektron tanlovlar “E-urug‘” axborot tizimi orqali
15-iyuldan 5-avgustga qadar o‘tkazilishi belgilangan.
Hududlar kesimida tanlovda ishtirok etishni istagan subyektlar joriy yilning 15-iyulidan 5-avgustiga qadar “E-urug‘” (e-seeds) tizimi orqali belgilangan tartibda ariza topshirishlari mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumotlar tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi tomonidan taqdim etiladi.
Murojaat uchun telefon: 99-597-99-87, 94-180-69-84, 93-343-34-33.
Tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi
masalalari bo‘yicha o‘rinbosari-tuman
Qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i V.Tursunov