insurez
09-01-2026 18:18

ISHTIXON TUMANIDA FAOLIYAT YURITUVCHI PAXTA YETISHTIRUVCHI QISHLOQ XO‘JALIGI SUBYEKTLLARI DIQQATIGA!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-martdagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi sohasida “E-urug‘” axborot tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 166-son qaroriga muvofiq, “E-urug‘” axborot tizimi orqali elektron tanlov o‘tkazilishi belgilangan. Mazkur qarorga asosan, 2026-yil hosili uchun paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlaridan sifatli urug‘lik yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi subyektlarini tanlab olish maqsadida joriy yilning 15-yanvaridan 5-fevraliga qadar “E-urug‘” axborot tizimi orqali tanlovda ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinadi. Tanlovda qatnashish shartlari bo‘yicha tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limiga yoki “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasining viloyat boshqarmasiga murojaat qilishingiz mumkin. Murojaat uchun telefon raqamlari: 99-597-99-87, 91-558-71-92, 94-180-69-84

Teglar
Insurance Policy