insurez
07-06-2024 12:18

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 122-sessiyasi 2024-yilning 12-iyun kuni soat 08:30 Ishtixon tumani hokimligi katta majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 122-sessiyasi 2024-yilning 12-iyun kuni soat 08:30 Ishtixon tumani hokimligi katta majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi ““Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5132-sonli Qarorining bajarilishi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning ijrosi to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Q.Nuriddinovning hisoboti haqida;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-sonli Farmonining tumandagi ijrosi to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Q.Nuriddinovning hisoboti haqida;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi ““O‘zbekiston - 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-sonli Farmonining ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida rejalashtirilgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlash bo‘yicha o‘rinbosari J.Bediyevning hisoboti haqida;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi ““O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risidagi PF-158-sonli Farmonining bajarilishi va qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari V.Tursunovning hisoboti haqida;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ishtixon tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan hokim yordamchilari va ularning faoliyati yuzasidan o‘rganish natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar va qonun buzilishi to‘g‘risida tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i D.Sindarovning hisoboti haqida;
- O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tuman Kengashi deputatlik guruhi tomonidan kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi “2022-2026-yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish to‘g‘risida”gi PQ-216-sonli Qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A.Xudoyberdiyevning hisoboti haqida;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ishtixon tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2024-yil I chorak rejasiga asosan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash faoliyatini o‘rganish natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar va qonun buzilishi holatlari yuzasidan Ishtixon tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i U.Jurayevning hisoboti haqida;
- Xalq deputatlari tumani Kengashining 2023-yil 29-dekabrdagi VI-114-217-7-92-K/23-sonli “Samarqand viloyati Ishtixon tumanining 2024-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;
- boshqa masalalar.

http://E:\Ishtixon.uz saytiga joylashtirish uchun ma'lumotlar\Yangi veb-saytga\2024-yil iyun\Сессия

Teglar
Insurance Policy