insurez

Rahbaryat


  • Ruziyev Fazliddin Kiranovich


    Lavozimi: Ishtixon tumani hokimi


    Qabul kunlari:Haftaning har Payshanba kuni Xalq qabulxona binosida Soat 09-00 dan 13-00 gacha


    E-mail:fazliddinkiranovich@gmail.com


    Telefon raqami:+998 99 033 28 83, 66-629-11-54

  • Ruziyev Fazliddin Kiranovich-Ishtixon tumani hokimi

    Tug‘ilgan yili: 28.02.1983 Samarqand viloyati, Ishtixon tumani

    Millati: o‘zbek Ma’lumoti: Oliy, 2008 y. Samarqand qishloq xo‘jalik instituti, 2018 y. O‘zbekiston Ryespublikasi Bank-moliya akademiyasi , Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi:  iqtisodiyot, investisiyalarni boshqarish

    Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanaqa):          

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 
    24 maydagi Farmoniga binoan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni.
       O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 
    8 noyabrdagi Farmoniga binoan  “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni.
        2023 yil 15 fevral O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlar birlashmasining “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun” medali,
        2024 yil 15 fevral O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlar birlashmasining «Za pomoщь i sodeystviye veteranskomu dvijeniyu» nagrajdayetsya medalyu.

    MEHNAT FAOLIYATI

    1999-2002 yy. - Samarqand viloyati Ishtixon tumani Yu.Oxunboboyev nomli shirkat xo‘jaligi hisobchi yordamchisi

    2002-2002 yy. - Samarqand viloyati statistika boshqarmasi bo‘lim 2-toifali mutaxassisi

    2002-2004 yy. - Samarqand viloyati hokimiyati Kengashlar uyidan foydalanish boshqarmasi operatori

    2004-2006 yy. - Samarqand viloyati paxta urug‘chiligi birlashmasi ish yurituvchisi

    2006-2009 yy. - Samarqand viloyati Iqtisodiyot bosh boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i v.b.

    2009-2016 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi mahalliylashtirish dasturlarini shakllantirish va monitoring bo‘limi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi

    2016-2017 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Import o‘rnini bosish, mahalliylashtirish dasturini shakllantirish va monitoring bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari

    2017-2018 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Import o‘rnini bosish, mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni mahalliylashtirish masalalari boshqarmasi  boshlig‘i o‘rinbosari

    2018-2019 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Tashqi iqtisodiy faoliyat strategiyasi
    va taxlili boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Importni muvofiqlashtirish va taxlil qilish bo‘limi boshlig‘i

    2019-2019 yy.  - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Kooperatsiya aloqalarini va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni kengaytirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

    2019-2020 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Kooperatsiya aloqalarini va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni kengaytirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi

    2020-2021 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Ichki va tashqi bozorlarda yuqori talabli mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda sanoatda kooperasiyani kengaytirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi

    2021-2022 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari

    2022 y.  -  h.v. - Ishtixon tumani hokimi

    Vazifa va funksiyalari
    Quyidagilar tuman hokimining asosiy vazifalari hisoblanadi:

         Tuman hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi aloqalarni, aholini tumanni boshqarishga jalb etishni ta’minlaydi;
        Qonunlarning hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining, yuqori turuvchi organlar va xalq deputatlari tuman Kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etadi;
    o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida tegishli hududdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi;
    jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza etish bilan bog‘liq chora-tadbirlar ko‘radi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadi;
    aholini qabul qilishni tashkil etadi, fuqarolarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini qarab chiqadi, joylarda tashkil etilgan “Xalq qabulxonalari” ni faoliyat ko‘rsatishiga har tomonlama ko‘maklashadi va ular tomonidan tashkil etiladigan qabullarda ishtirok etadi;
    tumanni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini, tuman byudjetining asosiy ko‘rsatkichlarini va ularning ijrosiga doir hisobotlarni xalq deputatlari tuman Kengashining sessiyasi tasdig‘iga taqdim etadi;
    Samarqand viloyati hokimligi bilan kelishilgan holda tuman hokimining o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi. Ushbu masalaga doir qabul qilgan qarorlarini tegishli Kengashlarning tasdig‘iga kiritadi;
    hokimlik bo‘linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi
    va lavozimdan ozod qiladi;
    berilgan vakolatlari doirasida tuman tashkilotlari rahbarlarini tayinlaydi va amaldagi tartibga asosan tuman Kengashi tasdigiga kiritadi. Shuningdek, tegishli bo‘lim, boshqarma, korxona va tashkilotlar rahbarlarini saylash va tayinlash bo‘yicha yuqori turuvchi idoralariga takliflar kiritadi;
    rahbarlari tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijroiya hokimiyati struktura bo‘linmalarining ishini nazorat qiladi;
    Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimi qabul qilgan va chiqargan hujjatlarni bajarmaganliklari uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi;
    Davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir iltimosnomalarni qarab chiqadi va takliflar kiritadi;
    respublika va xorijda tumanning rasmiy vakili sifatida ish ko‘radi;
    o‘ziga berilgan vakolatlari doirasida umum manfaatni ifodalovchi tadbirlar o‘tkazish, qo‘shimcha korxonalar, xo‘jalik tashkilotlari tuzish uchun, turli tarmoqlar va boshqaruv sohalarida faoliyatlarni uyg‘unlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi boshqa tuman va shaharlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan shartnomalar asosida o‘zaro munosabatlar o‘rnatadi;
    tumandagi mahalliy davlat hokimiyati ijroiya organlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi talablarini, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, Oliy Majlis palatalari qarorlarini, Prezident Farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining, shuningdek xalq deputatlari tuman Kengashining hamda tuman hokimining qarorlari va farmoyishlarini bajarish bo‘yicha faoliyatlarini nazorat qiladi;
    zaruriyatga qarab, ammo bir yilda kamida 2 marta xalq deputatlari tuman Kengashining sessiyasini chaqiradi, sessiyani olib boradi, kun tartibiga kiritiladigan masalalarni taklif qiladi, uning hujjatlarini imzo qo‘yib tasdiqlaydi;
    olib borayotgan ishlari va rahbarlik qilayotgan boshqaruv organlarining faoliyati haqida yilda bir marta xalq deputatlari tuman Kengashiga axborot beradi;
    tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlar, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar idoralari bilan hamkorlikda ish olib boradi;
    yangi texnologiyalar va texnikalarni joriy qilish orqali iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, bunda yangiliklarni o‘zlashtirishga yuqori darajadagi qobiliyatli ilmiy va intellektual salohiyatdan samarali foydalanish choralarini ko‘radi;
    davlat strategik va safarbarlik zaxiralarini shakllantirishni,
    shu jumladan, ularni to‘plash, saqlash va yangilab borishni, shuningdek davlat strategik va safarbarlik zaxiralaridan belgilangan tartibda tezkorlik bilan foydalanishga doimiy tayyor bo‘lishni ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiradi;
    O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegaralar yaqinidagi muommalarni hal etish, nolegal migratsiyaga qarshi kurashish, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlarni noqonuniy olib kirish masalalari bilan bog‘liq tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshiradi;
    hokim rejalashtirish, byudjet, moliya, hisob-kitob, tuman, mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga mansub korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan hamjihatlik qilish, qishloq xo‘jaligi, yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yo‘l xo‘jaligi va aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qonuniylik, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlarida o‘z vakolatiga berilgan boshqa masalalarni ham hal etadi.
    Tuman hokimi o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan hujjatlar tuman hududida joylashgan barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.