insurez

Rahbaryat


  • Tursunov Voxob Sunnatovich


    Lavozimi: Tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari


    Qabul kunlari:Haftaning har Shanba kuni hokimlik binosida Soat 09-00 dan 12-00 gacha


    E-mail:tursunov-voxob@gmail.com


    Telefon raqami:(66) 629-15-08, +998 99 597 99 87

  • TURSUNOV Voxob Sunnatovich-Tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari\

    Tug‘ilgan yili: 12.06.1987, Tug‘ilgan joyi: Samarqand viloyati, Ishtixon tumani

     Millati: O‘zbek, Ma’lumoti:  Oliy,   2010 y.Samarqand qishloq xo‘jalik instituti, 

    Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi:   agronom     

                 

    MEHNAT FAOLIYATI

    2006-2010 yy. - Samarqandqishloq xo‘jalik instituti talabasi

    2010-2011 yy. - Ishtixon tumani o‘simliklarni himoya qilish otryadi hududiy agronomi

    2011-2015 yy. - Ishtixon tumani o‘simliklarni himoya qilish otryadiga qarashli biolaboratoriya mudiri

    2015-2016 yy. - Ishtixon tumani o‘simliklarni himoya qilish otryadi boshlig‘i

    2016-2018 yy. - “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyati Ishtixon tumani filiali mudiri o‘rinbosari-bosh agronomi

    2018-2019 yy. - Samarqand viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi paxtachilik va texnik ekinlar bo‘limi bosh mutaxassisi

    2019-2019 yy.- Samarqand viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi Gʻallachilik, dukkakli don va moyli ekinlar bo‘limi bosh mutaxassisi

    2019-2020 yy.- Samarqand viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi Chorvachilik va pillachilik tarmoqlari ozuqa bazasini rivojlantirish  bo‘limi boshlig‘i

    2020-2021 yy - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Samarqand viloyati boshqarmasi Paxta xom ashyosi, don, urug‘lar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi inspektori

    2021-2022 yy. - Samarqand viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi Hujjatlar va murojaatlar bo‘yicha bosh mutaxassisi

    2022-2022 yy. - Samarqand viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi Suvga bo‘lgan ehtiyojni rejalashtirish va metereologiya bo‘yicha bosh mutaxassisi

    2022-2022 yy.- Samarqand viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi Gʻallachilik, dukkakli don va moyli ekinlari bo‘limi bosh mutaxassisi

    2022-2024 yy.- Ishtixon tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i

    2024 y. - h.v.   - Ishtixon tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

    Quyidagilar tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining asosiy vazifa va funksiyalari hisoblanadi:

    qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, fermerlik harakatini rivojlantirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tarkibiy o‘zgartirishni ta’minlash;

    dehqonchilik va agrotexnologiyalarning ilg‘or usullarini joriy etish chora-tadbirlarini ko‘rish, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga bozor tamoyillari va mexanizmlari asosida xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar, bo‘g‘inlar va tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

    suv resurslaridan oqilona foydalanish va ulardan foydalanish  samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish va suv iste’molining bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, suv xo‘jaligi ob’yektlaridan foydalanish ishlarining va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarining  bajarilishini muvofiqlashtirish;

    chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilik ishlarini rivojlantirish, hayvonlarni sun’iy urug‘lantirish xizmatlarini kengaytirish, zooveterinariya xizmati ko‘rsatish tarmog‘ini rivojlantirish ishlarini tashkil etish;

    ipakchilikning ozuqa bazasini kengaytirish va mustahkamlash, yuqori mahsuldor tut ipak qurtini yetishtirish, tirik pilla yetishtirishni ko‘paytirish;

    urug‘chilik va seleksiya ishlarini rivojlantirish;

    tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularning saqlanishi ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish;

    qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, dastlabki qayta ishlash korxonalarini tashkil etish va mahsulotlarni eksport qilish, shuningdek qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi ob’yektlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

    o‘z yo‘nalishiga taalluqli muammoli masalalarni hal etish hamda sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda hokimga taqdim etish;