121 yoshli Ishtixonlik Buvsara Momoga davlat mukofoti topshirildi
121 yoshli Ishtixonlik Buvsara Momoga davlat mukofoti topshirildi
Viloyat hokimi o‘rinbosari Zebiniso Pulatovna “Bog‘ixon” mahallasida yashovchi 121 yoshli Buvsara momo xonadonida bo‘ldi.
Buvsara momo 1903 yilda Ishtixon tuman “Bog‘ixon” mahallasi “O‘razboyovul” qishlog‘ida tug‘ilgan. Onaxon turmush o‘rtog‘i Avazxon ota Saidov bilan 2 o‘g‘il, 4 qizni tarbiyalab, uyli-joyli qildi. Bugun 36 nafar nevara, 60 nafardan oshiq chevara ardog‘ida umrguzaronlik qilayotgan Buvsara momo hayotidan mamnun.
Viloyat hokimi o‘rinbosari davlatimiz rahbari nomidan "Shuhrat" medali va bayram tuhfalarini yaqinlari davrasida topshirdi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI