insurez
12-03-2025 14:42

2025 yilda Respublika  mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida


Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev, tuman prokurori Uchqun Butunov va tuman IIB boshlig‘i Sherzod Tog‘ayevlar tomonidan tuman prokuraturasida mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025 yilda Respublika  mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 1-sonli Qarori ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda tuman hududida sodir etilayotgan jinoyatlar tanqidiy muhokama qilinib, “Xavfsiz yo‘laklar” va “Xavfsiz ko‘chalar”ni tashkil qilish borasida ish faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish bo‘yicha ma’sullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -