8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tabrik
Hurmatli yurtdoshlar! Sizlarni 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun bilan chin qalbimdan tabriklayman! Konstitutsiyamiz — mustaqil davlatimizning mustahkam huquqiy poydevori, xalqimizning erkin va farovon hayotga bo‘lgan intilishlarini mujassam etgan muqaddas hujjatdir. Unda inson huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi, adolat va taraqqiyot tamoyillari o‘z ifodasini topgan. Bugun Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida Konstitutsiyamizda belgilangan tamoyillar asosida olib borilayotgan islohotlar hayotimizda muhim o‘rin tutmoqda. Qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning haq-huquqlarini ishonchli himoya qilish, xalq farovonligini oshirish yo‘lida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Ishonchim komilki, ishtixonliklar Konstitutsiyamizga hurmat va sadoqat bilan qarab, yurtimiz ravnaqi, tinchligi va taraqqiyoti yo‘lida yanada faol bo‘ladilar. Ushbu qutlug‘ kunda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik va ezgu ishlarda ulkan zafarlar tilayman! Bayramingiz muborak bo‘lsin! Ishtixon tumani hokimi Ruziev Fazliddin Kironovich ——




