insurez
09-10-2024 12:18

“Agrobank” ATB Ishtixon filiali tomonidan “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida Ishtixon tumani "Sug‘ot" mahallasida joylashgan 10 gektar yer maydoniga "Brokolli" karam ekildi.


“Agrobank” ATB Ishtixon filiali tomonidan “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida Ishtixon tumani "Sug‘ot" mahallasida joylashgan 10 gektar yer maydoniga "Brokolli" karam ekildi. 

Aholi tomorqalaridan samarali foydalanish va yuqori daromad olish maqsadida “Sug‘ot” mahalla hududidagi 13 nafar fuqaro bilan “Brokolli” karam yetishtirish bo‘yicha fyuchers shartnomalar tuzildi.

 “Shirin qishloq hosili” MChJ “Agrobank” ATB Ishtixon filialidan 400.0 mln.so‘m kredit olib, karam ko‘chatlari sotib olish, agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish va ximikatlar yetkazib berish uchun sarflangan.

Ma’lumot uchun:  “Brokolli” karami 1 gektar yerdan o‘rtacha 15 tonnagacha hosil beradi. 1 kilogrammini o‘rtacha 10 ming  so‘mdan sotganda 150,0 mln.so‘m daromad oladi. 41.5 mln.so‘m xarajat chegirilgandan keyin, 108.5 mln.so‘m sof foyda olinadi. Joriy yilning oktabr oyi yakuniga qadar hosil yig‘ib olinib ichki va tashqi bozorlarga eksport qilish rejalashtirilgan.

Teglar
- -