insurez
09-12-2025 12:00

Aylanma yo‘l qurilishi doimiy nazoratda


Bugun tuman hokimi Fazliddin Ruziyev hamda tuman prokurori Uchqun Butunov tumanda barpo etilayotgan aylanma yo‘l qurilishi ishlari bilan joyiga chiqib tanishdilar. Tanishish davomida qurilish jarayoni, bajarilayotgan ishlar sifati, loyiha talablariga amal qilinishi hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi atroflicha o‘rganildi. Mas’ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ish sur’atini yanada jadallashtirish va sifatiga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha aniq ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Aylanma yo‘l qurilishi tuman infratuzilmasini yaxshilash, transport harakatini yengillashtirish va aholi uchun qulaylik yaratishga xizmat qiladi. Shu bois mazkur loyiha doimiy nazorat ostida olib borilmoqda. ——

Teglar
- -