Ayni damda Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev tuman apparati xodimlari bilan birgalikda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirmoqda.
Ayni damda Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev tuman apparati xodimlari bilan birgalikda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirmoqda.
Ularning ishtiroki mahalliy aholiga o‘rnak bo‘lib, tuman bo‘ylab amalga oshirilayotgan umumxalq hashariga alohida ahamiyat qo‘shmoqda.
Bugungi ommaviy hasharda tuman hokimligi xodimlari ham faol qatnashmoqda, ular o‘z hududlarini tozalash va obodonlashtirish ishlarida tashabbuskorlik bilan ishtirok etishmoqda. Hokimlik xodimlarining bu kabi faol ishtiroki tadbirga yana-da kuchli rag‘bat beradi hamda tumanning ekologik va sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan saʼy-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI