insurez
11-07-2025 10:47

Ayni damda Ishtixon tumanida rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda


Ayni damda Ishtixon tumanida rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda

📺Ishtixon tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida o‘tkazilayotgan mazkur uchrashuvda tuman hokimi, korxona va tashkilotlar rahbarlari, yoshlar yetakchilari hamda yoshlar faollari ishtirok etmoqda.

✔️Tadbir davlatimiz rahbarining 30 iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrik so‘zlari va ma’ruzalarini o‘qib eshittirishdan boshlandi. 

👦Nutqda yoshlarning bilimli, tashabbuskor va vatanparvar bo‘lib voyaga yetishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, muammo va takliflarini erkin ravishda bildirishmoqda. 

✏️Muammolarni joyida hal etish maqsadida mas’ul rahbarlar tomonidan tegishli chora-tadbirlar belgilanmoqda.

✅Bunday uchrashuvlar yoshlarning faolligini oshirish, ularning takliflarini amaliy ishlarga aylantirish hamda yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -