insurez
25-05-2024 11:25

AYNI DAMDA XITOY XALQ RESPUBLIKASIDA XIZMAT SAFARIDA BO'LIB TURGAN ISHTIXON TUMANI HOKIMI FAZLIDDIN RUZIYEVNING TUMANIMIZ MAKTABLARINI BITIRUVCHI YOSHLARGA BAYRAM TABRIGI


AYNI DAMDA XITOY XALQ RESPUBLIKASIDA XIZMAT SAFARIDA BO'LIB TURGAN ISHTIXON TUMANI HOKIMI FAZLIDDIN RUZIYEVNING TUMANIMIZ MAKTABLARINI BITIRUVCHI YOSHLARGA BAYRAM TABRIGI 

Qadrli maktab bitiruvchilari!

ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI • 25 мая в 10:30

Sizlarni maktab ta’limini muvaffaqiyatli tugatib, mustaqil hayotga – umringizning yanada go‘zal va mas’uliyatli bosqichiga qadam qo‘yayotganingiz bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Tumanimizdagi barcha umumta’lim dargohlarida «so‘nggi qo‘ng‘iroq»lar yangrab, qadrdon maktabingiz, mehribon ustozlaringiz bilan xayrlashuv tadbirlari o‘tkazilayotgan ushbu quvonchli va g‘oyat hayajonli damlarda hammangizga kelgusi hayotda ulkan yutuq va omadlar tilayman.

Maktab ta’limini muvaffaqiyatli tamomlab, hayotingizda dastlabki muhim dovondan oshganingiz bilan yana bir bor tabriklayman.

 Kelajakda sizni yanada ulkan va mas’uliyatli marralar kutmoqda. Oldingizga aniq maqsad qo‘yib, bor kuch-g‘ayratingiz, bilim va salohiyatingiz bilan harakat qilsangiz, ko‘zlagan cho‘qqilarga albatta erishasiz.

 Barchangizga ishda va o‘qishda, shaxsiy hayotda katta yutuq va omadlar tilayman.

 Doimo sog‘-omon bo‘ling!

 Intilib, izlanib yashashdan aslo to‘xtamang!

 Baxt va omad hamisha hamrohingiz bo‘lsin!

 

Fazliddin Ruziyev,

Ishtixon tumani hokimi

Teglar
- -