insurez
23-05-2024 14:22

Ayni daqiqalarda Xitoy Xalq Respublikasi "Chongqing" shahrida ikki hudud yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirokida ishbilarmonlik muzokaralari forumi hamda B2B va G2B uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Forumda Ishtixon tuman hokimligi delegatsiyasi  tomonidan viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va turizm ko‘rsatkichlari to‘g‘risida taqdimot qilindi. 

Bundan tashqari uchrashuvlar davomida hamkorlikni rivojlantirish, yangi qo‘shma ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish kabi masalalar muhokama qilinmoqda.

Mazkur tadbirlar ikki hudud kompaniyalari rahbarlari tomonidan iqtisodiyotning turli sohalarida o‘zaro manfaatli yangi shartnoma va bitimlar imzolanishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.

Teglar
- -