Ayollar bandligi bo‘yicha mahalla yettiligiga o‘quv-seminar
Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ishsizlikni kamaytirish hamda tashqi mehnat migratsiyasidan qaytgan ayollarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida tumanda maxsus shtab faoliyati tashkil etilmoqda. Ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi raisi o‘rinbosari Nodir Dehqonov hamda Ishtixon tuman hokimining o‘rinbosarlari ishtirokida mahalla yettiligi uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi. Tadbirda xotin-qizlar bandligini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish, mahallalarda tizimli va samarali ishlarni yo‘lga qo‘yish borasidagi vazifalar atroflicha muhokama qilindi. Seminar mahalladagi ayollar bilan ishlashda yangi yondashuvlarni joriy etishga xizmat qiladi. ——




