insurez
08-03-2025 09:34

Aziz va muhtaram onaxonlar hamda opa-singillar!


Aziz va muhtaram onaxonlar hamda opa-singillar!

🌺Sizlarni 8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Bu qutlug‘ sana nafaqat bahorning ilk nafasini, balki hayotimizga go‘zallik, nafosat va mehr-muhabbat olib kiradigan siz aziz ayollarning bayramidir.

🌺Ayollarimiz oila tayanchi, farzandlar tarbiyasida bebaho o‘rnak, jamiyatimiz ravnaqi va taraqqiyotida faol ishtirok etuvchi fidoyi insonlardir. Sizlarning mehnatsevarligingiz, sabr-toqatingiz va mehribonligingiz bilan yurtimiz yanada obod va farovon bo‘lmoqda.

🟥Shu ulug‘ ayyomda sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, ish faoliyatingizda muvaffaqiyatlar va doimo yuzingizdan tabassum arimasligini tilayman. Har kuningiz quvonch va shodlikka to‘lsin!

💐8-Mart – bahor, nafosat va go‘zallik bayrami muborak bo‘lsin!

Fazliddin Ruziyev,
Ishtixon tumani hokimi
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -