Beshbola mahallasini quvonchli yangilik: 120 nafar bolajon uchun yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti eshiklarini ochdi
Beshbola mahallasini quvonchli yangilik: 120 nafar bolajon uchun yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti eshiklarini ochdi
✨Bugun 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunini munosib nishonlash uchun tumanimizda quvonchli voqea ro‘y berdi. Olis hududda joylashgan Beshbola mahallasida 120 nafar bolajon uchun yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti ish boshladi.
🚩Tadbirda tuman hokimi, nuroniylar va mahallaning faol aholisi ishtirok etib, bolajonlarga yangicha imkoniyatlar yaratilayotganini alohida ta’kidlashdi.
🎆Yangi muassasa zamonaviy qo‘layliklar bilan jihozlangan bo‘lib, bolalarning sog‘lom rivojlanishi va bilim olishiga xizmat qiladi.
Mahalla aholisi uchun esa bu – qo‘shimcha qulaylik va bolalarning baxtli bolaligiga yo‘l ochuvchi muhim qadam.
🧳Maktabgacha ta’lim tashkiloti nafaqat bilim berish, balki bolalarning ijodkorligini rivojlantirish, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lida xizmat qiladi.
✨Shu bilan birga, bu kabi muassasalar mahallada yashovchi yosh oilalar uchun katta yordam bo‘lib, ota-onalarning ish bilan shug‘ullanishiga ham imkoniyat yaratadi.
💎Yangi tashkilotning ishga tushishi bilan mahallada yorqin kulgilar, umidlar va ijodkorlik bilan to‘lgan yangi sahifa boshlandi!
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI