insurez
03-09-2024 10:58

Birlashgan Arab Amirliklarining Al’-Ayn shahrida sportning boks turi bo‘yicha o‘smir qizlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda.


Birlashgan Arab Amirliklarining Al’-Ayn shahrida sportning boks turi bo‘yicha o‘smir qizlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda.

Xabaringiz bor 27 avgustdan 10 sentyabrgacha Birlashgan Arab Amirliklarining Al’-Ayn shahrida o‘smirlar, o‘smir qizlar, kichik o‘smirlar va kichik o‘smir qizlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda.

Ushbu nufuzli musobaqada Ishtixonlik bokschi o‘g‘il va qizlarimiz faol ishtirok etmoqda. Bugungi kunda Ishtixon sport maktabi tarbiyalanuvchilari ushbu janglarda ketma-ket g‘alabalarga erishib, chorak finalga yo‘l olishdi. Bu ularning yorqin iqtidorlari va tinmasdan mehnat qilishlari natijasidir.

Bizni kuzatib boring, chunki janglar davom etadi, va biz o‘z sportchilarimizdan yanada yuqori natijalarni kutamiz.

Ishtixonlik sportchilarga omad yor bo‘lsin. Olg‘a, O‘zbekiston!
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -