insurez
05-06-2024 09:30

Bugun, tuman hokimi Fazliddin Ruziyev hamda tuman prokurori  Uchqun Butunov toza hudud xodimlarini rag‘batlantirish maqsadida tumanimizning tozalik va obodonlashtirish ishlarida faoliyat yuritayotgan fidoyi xodimlar bilan uchrashdi.

Tuman hokimi toza hudud xodimlarining mashaqqatli mehnatini yuqori baholab, ularning tumanimiz ko‘chalarini, bog‘larini va jamoat joylarini ozoda saqlashda ko‘rsatgan fidokorona xizmatlari uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi. 

Shundan so‘ng, eng faol va o‘z vazifasini sidqidildan bajarayotgan xodimlar maxsus tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Tashakkurnoma va sovg‘alar hokim tomonidan shaxsan topshirildi. Ushbu sovg‘alar xodimlarning kelgusidagi mehnat faoliyatlariga yangi kuch-g‘ayrat bag‘ishlashi kutilmoqda.

Bu kabi rag‘batlantirish tadbirlari tumanimizda ozodalik va tozalikni ta’minlash yo‘lidagi ishlarimizda katta rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -